Fuqarolik protsessual kodeksi 248-modda. Sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish

Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib kiradi, bu yerda sudning hal qiluv qarorini raislik qiluvchi oʻqib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda ushbu ish boʻyicha sud majlisini yopiq deb eʼlon qiladi.