Fuqarolik protsessual kodeksi 256-modda. Bir nechta daʼvogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori

Bir nechta daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi. Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi.