Fuqarolik protsessual kodeksi 258-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori

Sud mol-mulkni natura tarzida undirib bergan taqdirda hal qiluv qarorida daʼvogarga topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomini, turgan joyini, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida undirib berilgan mol-mulk naqd boʻlmasa, uning javobgardan undirilishi lozim boʻlgan qiymatini koʻrsatadi.