Sud hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin. Hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.