Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253 , 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: 1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili); 2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari: 1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi; 2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak. Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi