Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi. Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.