Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Sud arizani koʻrib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).