Fuqarolik protsessual kodeksi 290-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari

Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni oʻz vaqtida xabardor qilish imkoniyati boʻlmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanishi lozim.