Fuqarolik protsessual kodeksi 296-modda. Ariza berish va uning mazmuni

Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak.