Fuqarolik protsessual kodeksi 3-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.