Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi; er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi; nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma; farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan maʼlumotnomalar); fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno; farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi maʼlumotnoma; turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi; farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining rozilig