Fuqarolik protsessual kodeksi 301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi. Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar borligi yoki yoʻqligi koʻrsatilishi shart; farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma; farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa; oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno; bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi