Fuqarolik protsessual kodeksi 306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida kimlar (qarindosh-urugʻlari, birga ishlovchilar va boshqalar) maʼlumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida bor maʼlumotlarni soʻrab oladi. Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin.