Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.