Fuqarolik protsessual kodeksi 338-modda. Ishni hal qilish

Ishni koʻrib chiqqach, sud hal qiluv qarori chiqaradi. Sud arizani qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida taqdim etuvchiga deb berilgan yoʻqolgan hujjat haqiqiy emasligini koʻrsatadi. Bu hal qiluv qarori arizachiga omonatni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻrniga yangisini berish uchun asos boʻladi.