Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvoning taʼminlanishiga va undiruvning chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mol-mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakillari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari faqat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiradagina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining yurisdiksiyasida boʻladi.