Fuqarolik protsessual kodeksi 389-3-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.