Fuqarolik protsessual kodeksi 391-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).