Fuqarolik protsessual kodeksi 419-1-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin: 1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; 2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda. Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.