Fuqarolik protsessual kodeksi 419-13-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sudya sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi.