Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.