Ariza berish muddati: 1) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran; 2) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran; 3) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻrilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos boʻlgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.