Fuqarolik protsessual kodeksi 450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish

Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining asl nusxasi yoʻqotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga koʻra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻriladi. Sudning dublikat berish toʻgʻrisidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.