Fuqarolik protsessual kodeksi 452-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi

Ijroga taqdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijro varaqasining ijroga taqdim etilishi, shuningdek hal qiluv qarorining qisman ijro etilishi bilan uziladi. Muddat uzilgandan soʻng uning oʻtishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi toʻliq yoki qisman undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.