Fuqarolik protsessual kodeksi 456-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash

Ijro ishini yuritish uni toʻxtatib qoʻyish uchun asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni toʻxtatib qoʻygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga koʻra tiklanadi. Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi. Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.