Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.