Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart. Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi.