Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: oʻzining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashga koʻmaklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qoʻllanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida oʻzi qilgan harakatlar bilan bogʻliq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining toʻliqliligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarining oʻrni qoplanishi. Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar boʻyicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatida