Fuqarolik protsessual kodeksi 77-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza

Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi. Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak.