Fuqarolik protsessual kodeksi 8-modda. Qonun va sud oldida tenglik

Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.