Fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan, sud harakatlarini amalga oshirishda foydalanish uchun zarur boʻlgan elektron maʼlumotlarni sudning qonuniy talabiga koʻra elektron jismlar bilan birga taqdim etishi shart. Agar sud tomonidan raqamli dalillar talab qilinayotgan shaxs uni sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, ushbu shaxs sabablarni koʻrsatgan holda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. Raqamli dalillarni oʻz ixtiyori bilan taqdim etayotgan shaxs ushbu dalillar yordamida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini maʼlum qiladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxs boshqa shaxslar tasarrufida boʻlgan, ish uchun muhim boʻlgan raqamli dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda iltimosnoma berayotgan shaxs raqamli dalillar muayyan shaxsda qaysi asosga koʻra turganligini, shuningdek ularning joylashgan yeri haqida maʼlum qiladi. Sud raqamli dalillarni talab qilib olish haqida iltimosnoma berayotgan shaxsga raqamli dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin. Ishda ishtirok etmayotgan, sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmagan fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari sabablarni koʻrsatgan xolda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan raqamli dalillar bevosita sudga yuboriladi. Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek raqamli dalillarni uzrli sabablarsiz taqdim etish rad etilgan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. Jarima solinishi mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqd