Fuqarolik protsessual kodeksi 9-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi

Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.