Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart. Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.