Fuqarolik protsessual kodeksi 97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak boʻlgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart.