Garov toʻgʻrisida 16-modda. Depozitga pul oʻtkazish yoʻli bilan garovni toʻxtatish

Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Depozitga oʻtkazilgan pul qarzni toʻliq qoplasa, garov shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotadi.