Garov toʻgʻrisida 18-modda. Undiruvning garovga qoʻyilgan narsaga qaratilishi

1. Agar shartnomada yoki qonunlarda undiruvning garovga qoʻyilgan narsaga majburiy qaratilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan imtiyozli muddat belgilangan boʻlsa, garovga oluvchi asosiy majburiyat boʻyicha talab muddati boshlangan paytda undiruvni garovga qoʻyilgan narsaga qaratish huquqiga ega boʻladi. 2. Agar shartnomada yoki qonunlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi. Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda keyinchalik garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.