1. Garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garovda turgan mol-mulkni mustaqil ravishda sotishga haqlidir. 2. Garovga qoʻyuvchi mol-mulkni qasddan arzon bahoda sotganligi uchun javob berishi toʻgʻrisida garovga oluvchi oldiga talab qoʻyishga haqlidir. Garov narsasini vositachilik asosida, bozorda yoki kimoshdi savdosida sotish garovga oluvchining arzon bahoda sotganlikda aybi yoʻqligining shartidir.