Garov toʻgʻrisida 31-modda. Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda garovga oluvchining huquqlari

Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garovda, basharti shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi: a) garov narsasining mavjudligi, miqdor, holati va saqlanish sharoitlarini hujjatlar boʻyicha va amaliy jihatdan tekshirishga; b) garovga qoʻyuvchidan garov narsasi saqlanishi uchun zarur choralar koʻrishni talab qilishga; v) garov narsasiga nisbatan uning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tajovuzlar qilishni, kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, toʻxtatishni talab etishga haqlidir. Agar garov narsasi garovga oluvchining aybi boʻlmagani holda yoʻqolgan va garovga qoʻyuvchi uni tiklamagan yoki garovga oluvchining roziligi bilan qiymati teng boshqa mol-mulkka almashtirmagan boʻlsa, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqlidir.