Imoratlar, binolar yoki inshootlar ipotekasida koʻrsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham ular bilan bir paytda garov narsasiga aylanadi. Bunday hollarda undirish garov narsasiga qaratilganda imoratni, binoni, inshootni qoʻlga kirituvchiga bir yoʻla yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham oʻtadi.