Garov toʻgʻrisida 44-modda. Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollarning garov narsasi

1. Xom ashyo, butlovchi buyumlar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar muomaladagi va qayta ishlashdagi mollarning garov narsasi boʻlishi mumkin. Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovida garov narsasi (mol zaxiralari, xomashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulot kabilar)ning tarkibi va natural shaklini oʻzgartirishga, ularning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kam boʻlib qolmasligi sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Agar shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyilgan mollarning garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda ularning qiymatini pasaytirishga yoʻl qoʻyiladi. 2. Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovida garovga qoʻyuvchi tomonidan realizatsiya qilingan mollar qoʻlga kirituvchining mulkiga, toʻliq xoʻjalik tasarrufiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi boʻlishdan toʻxtaydi, garovga qoʻyuvchi sotib olgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan mollar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulkiy yoki toʻliq xoʻjalik tasarrufi huquq paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.