1. Basharti, shartnomada oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi: a) garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash; b) garovga qoʻyilgan huquqni berib yubormasligi; v) garovga qoʻyilgan huquq toʻxtatilishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi; g) garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan qilinadigan tajovuzlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi; d) garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart. 2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalarga garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar doirasida qoʻllaniladi.