Garov toʻgʻrisida 49-modda. Qarzdorning garovga koʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari

1. Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart; 2. Agar garov shartnomasida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart.