1. Basharti, shartnomada yoki qonunlarda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, garov haqiqatda qondirish paytida boʻlgan hajmdagi talabni qondiradi, foizlar, ijroni kechiktirib yuborish oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash, neustoykani (jarimani, penyani), jarimalarni toʻlash, garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlab turishga ketadigan zarur chiqimlar, shuningdek undiruv olish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash shular jumlasiga kiradi. 2. Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti, tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.