1. Yuridik yoki jismoniy shaxs – tadbirkor: a) garovlarni roʻyxatga olish daftari yuritishi; b) garov yuzaga kelganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay garov va narsasi, shuningdek garov bilan taʼminlangan majburiyat hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi yozuvlarni daftarga kiritishi shart. 2. Yuridik yoki jismoniy shaxs – tadbirkor jabrlanuvchiga – garovga oluvchiga yoki tegishlicha uchinchi shaxsga garovlarni roʻyxatga olish daftariga yozuvlarni oʻz vaqtida kiritmaganlik, yozuvlarning toʻliq emasligi yoki noaniqligi, shuningdek garovlarni roʻyxatga olish daftarini taqdim etish majburiyatidan boʻyin tovlash oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi shart.