Garov toʻgʻrisida 59-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish oqibatlari

Garovni roʻyxatga olishni amalga oshirgan idora garov bilan taʼminlangan shartnoma toʻliq yoki qisman bajarilgani toʻgʻrisida yoxud garovga qoʻyuvchi endilikda garov narsasining mulkdori hisoblanmasligi (toʻliq xoʻjalik tasarrufi, bevosita boshqaruvi huquqiga ega emasligi) toʻgʻrisida notarial yoʻl bilan tasdiqlangan xabarnoma olsa, bu idora darhol roʻyxat daftariga tegishli yozuvni kiritishi shart.