Garov toʻgʻrisida 62-modda. Roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi idoraning javobgarligi

Ushbu Qonunda koʻrsatilgan harakatlar umuman yoki lozim darajada amalga oshirilmagan hollarda asossiz roʻyxatga olgan yoki roʻyxatga olishni asossiz rad etgan idora gʻayriqonuniy xatti-harakatlari toʻfayli yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashi shart.