Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 23-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bogʻliq xarajatlarni boʻnak tarzida qoplash

Hakamlik sudi nizo koʻrib chiqilguniga qadar ushbu Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash uchun muayyan summani boʻnak sifatida kiritishni daʼvogardan talab qilishga haqli. Agar bu toʻlov daʼvo arizasi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida amalga oshirilmasa, hakamlik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.