Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq belgilanadi. Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining oʻzi tomonidan belgilanadi.