Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 33-modda. Dalillarni taqdim etish

Hakamlik muhokamasining har bir tarafi oʻz daʼvo talablari va daʼvoga qarshi eʼtirozlarining asosi sifatida koʻrsatayotgan holatlarni isbotlab berishi kerak. Hakamlik sudi, agar u taqdim etilgan dalillarni yetarli emas deb topsa, hakamlik muhokamasi taraflariga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqli.