Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 35-modda. Hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi majlisida ishtirok etishi

Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga oʻz nuqtai nazarini bayon etishi hamda oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar berilishi kerak. Hakamlik muhokamasi, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Hakamlik muhokamasida hakamlik sudyasi boʻlgan shaxs mazkur hakamlik muhokamasida taraflarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin emas. Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim. Mazkur xabarnoma hakamlik sudi tomonidan ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi va topshiriladi. Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda koʻrib chiqadi.